AQSh prezidenti Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Eron bilan muzokaralarda barcha ustunlik Qo‘shma Shtatlar tomonda;
◾️ AQSh Eron bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga boshqa delegasiya yubormaydi. Agar Tehron Vashington bilan muhokamalarni davom ettirishni istasa, ularning vakillari AQShga uchib kelishlari yoki bizga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin;
◾️ Eron masalasida biz muloqot qilayotgan ba’zi odamlar bilan oqilona gaplashish mumkin, boshqalari bilan esa yo‘q;
◾️ Ehtimol, Xitoy Eronga yordam berayotgandir, lekin buning miqdori unchalik ko‘p deb o‘ylamayman. Ular ancha ko‘proq yordam berishlari mumkin edi. Mening unchalik hafsalam pir bo‘lgani yo‘q. Biz ham odamlarga yordam beramiz. Biz Ukrainaga yordam berdik. Biz buni katta ko‘lamda qilmasligimiz kerak edi;
◾️ Hammasi juda oddiy: Eronda yadro quroli bo‘lishi mumkin emas. Aks holda ularning vakillari bilan uchrashishimizdan ma’no yo‘q;
◾️ Biz eronliklardan “yadro changi”ni olib qo‘yamiz va bu bizning muzokaralarimizning bir qismi hisoblanadi.