Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil prezidenti korrupsiyada ayblanayotgan bosh vazir Binyamin Netanyahuni afv etishni rad etdi

Isroil prezidenti korrupsiyada ayblanayotgan bosh vazir Binyamin Netanyahuni afv etishni rad etdi

Isroil prezidenti kelishuvga erishishni taklif qildi, deb yozmoqda NYT.

Avvalroq mamlakat rahbari Isxak Gersog Netanyahuni afv etish qarorini ortga surgani hamda aybiga iqror bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuvda bosh vazir va bosh prokuror o‘rtasida vositachi bo‘lish niyatida ekanini bildirgandi.

"Oldin ham ta’kidlaganidek, prezident Isxak Gersog bosh vazir Binyamin Netanyahu ishi bo‘yicha tomonlarning kelishuvga erishishini to‘g‘ri va munosib qaror deb hisoblaydi", — dedi prezident devoni vakili.

Donald Tramp Netanyahu afv etilishini talab qilmoqda. U Gersogni bu qarorga kelmayotgani uchun “ojiz" deb atagan.

"Men Bibi Netanyahu bor e’tiborini bo‘lmag‘ur narsalarga emas, urushga qaratishini xohlayman", — degan edi Tramp.

Netanyahu korrupsiya ishi bo‘yicha ayblovlarni rad etib, o‘tgan yil noyabrda Isroil prezidentidan o‘zini afv etishini so‘ragandi.

Binyamin Netanyahuga nisbatan korrupsiya ishi bo‘yicha surishtiruv 2016 yil dekabrda boshlangan, 2019 yilda esa unga bir nechta ish bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. U xususan, milliarder va Gollivud prodyuseridan shaxsiy manfaatlar uchun yordam berish evaziga o‘n minglab dollarlik sigara va shampan vinolarini olganlikda ayblangan. Shuningdek, Netanyahu o‘zi va oilasi faoliyatini ijobiy yoritish evaziga mediamagnatlarga yordam berishda gumonlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!