2025 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk sohasida yangi, xavfsiz va shaffof shartnoma tuzish mexanizmi amaliyotga joriy etiladi. Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Yangi tizimga ko‘ra:
🔹 Shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish ob’ektlari bo‘yicha tuziladi;
🔹 Xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;
🔹 Qurilish ishlari kamida 30%ga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;
🔹 2025 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llaniladi;
🔹 2026 yil 1 yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;
🔹 Qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Shaffof qurilish” axborot tizimi joriy etiladi;
🔹 Ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.
Eskrou tizimi — xaridor to‘layotgan mablag‘ning bankdagi maxsus hisobda saqlanishi va qurilish belgilangan bosqichga yetkandan so‘nggina quruvchiga o‘tkazilishi tamoyiliga asoslangan.
Ushbu yangi mexanizm orqali fuqarolarning manfaatlari yanada kuchliroq himoya qilinadi va qurilishda qonuniylik hamda moliyaviy tartib-intizom ta’minlanadi.