Tailand O‘zbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz kirish tartibini joriy etishni taklif qilmoqda.
Taklif 9 noyabr kuni Viza siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Xabarda aytilishicha, Tailand vizasini olishdagi murakkab elektron jarayon o‘zbekistonlik sayyohlar va mahalliy turfirmalar uchun qiyinchilik tug‘dirgan. Ayrim turfirmalar Tailand o‘rniga Vyetnam kabi muqobil yo‘nalishlarni taklif qila boshlagan.
Vizasiz rejim hozircha taklif bosqichida.