2026 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 7 mln 274,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18% ko‘p.
📊 Eng yuqori maoshli sohalar:
🏦 Bank, sug‘urta, lizing va kredit sohasi — 19,7 mln so‘m;
💻 Axborot va aloqa — 17 mln so‘m.
📉 Eng kam o‘rtacha ish haqi ta’lim hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohalarida qayd etilgan — 4,45–5,02 mln so‘m.
Hududlar kesimida:
Toshkent shahri — 12,3 mln so‘m;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari — 4,97–4,99 mln so‘m.