AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Amerika yetakchisi bu haqda jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Menimcha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal etish borasida ulkan taraqqiyotga erishmoqdamiz. Tez orada uchrashuv tashkil etiladi. Menimcha, sezilarli yutuqlarga erishildi», — dedi Tramp.
Jurnalistlar uchrashuv kimlar o‘rtasida bo‘lishi rejalashtirilayotganiga aniqlik kiritishni so‘raganida, AQSh prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy nomlarini tilga oldi.