AQSh Fors ko‘rfazidagi qator mamlakatlarni 3 noyabrga belgilangan Kongressga oraliq saylovlardan keyin Eronga qarshi qisqa, ammo jadal harbiy amaliyot o‘tkazilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
The Wall Street Journal gazetasi xabar berishicha, bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar ma’lum qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon Yaqin Sharqdagi hujumga uchrashi mumkin bo‘lgan harbiy bazalardan amerikalik harbiy xizmatchilarni evakuasiya qilgan. Ayni vaqtda AQSh Qurolli kuchlari mintaqadagi o‘q-dori zaxiralarini to‘ldirmoqda, bombardimonchi samolyotlar va qiruvchilar esa ehtimoliy zarbalarga tayyorlanmoqda.
Gazeta manbalarining ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp hozircha Eronga qarshi harbiy operasiyani qayta boshlash bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan. Biroq u saylovlardan keyin keng ko‘lamli hujum uyushtirish variantiga moyil ekani aytilmoqda.
Ehtimoliy zarbalar nishonlari qatoriga Eronning infratuzilma ob’ektlari va yadroviy inshootlari kirishi mumkin.