O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Malayziya qirolichasi Raja Zarit Sofianing uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati, noyob ijod namunalari, milliy liboslar bilan tanishdi, shuningdek, xalqimizning boy an’ana va urf-odatlari haqida batafsil ma’lumot oldi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan suhbat davomida xonimlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.