Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya Ukraina bilan 8–9 may kunlari bir tomonlama sulh e’lon qildi

Rossiya Ukraina bilan 8–9 may kunlari bir tomonlama sulh e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, prezident Vladimir Putin qaroriga binoan, G‘alaba kuni munosabati bilan 8–9 may kunlari Ukraina bilan bir tomonlama sulh joriy etiladi.

Vazirlik Ukraina tomoni ham shu kabi qadam tashlashini kutayotganini bildirgan.

Shu bilan birga, Vladimir Zelenskiy Rossiyadagi bayram tadbirlari fonida ehtimoliy harbiy harakatlar haqida ogohlantirgan. Javoban Rossiya tomoni bayram xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Moskva, shuningdek, ehtimoliy hujumlar yuz bersa, javob choralari keskin bo‘lishini ta’kidlab, Kiyev markaziga zarba berish ehtimolini istisno etmadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevdagi tinch aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xodimlarini xavfsizlik nuqtai nazaridan shaharni tark etishga chaqirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tashabbus haqida Vladimir Putin avvalroq Donald Tramp bilan telefon muloqotida ham ma’lum qilgan.

Kiritildi: 23:13 04.05.2026. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!