Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya Kosmik-havo kuchlariga Buchadagi voqealarda ayblangan general rahbar etib tayinlandi

Rossiya Kosmik-havo kuchlariga Buchadagi voqealarda ayblangan general rahbar etib tayinlandi

General-polkovnik Aleksandr Chayko Rossiya Kosmik-havo kuchlarining yangi bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. U Bucha aholisining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblangan edi.

Bu haqda manbalarga tayanib "RBK" nashri xabar bermoqda.

Chaykoning tayinlangani haqida Rossiya Kosmik-havo kuchlariga yaqin bo‘lgan Fighterbomber Z-kanali ham yozmoqda: "Shaxsan o‘zim u bilan Suriyada jang qilganman, yomon gap aytolmayman. Har bir narsaga diqqat qilardi, tushunardi, barcha masalalarni hal qilardi, vazifalarni bizga shaxsan o‘zi qo‘yardi va ish natijalarini ham shaxsan nazorat qilardi", deyiladi xabarda.

Mart oyida Chayko Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushgan edi. Cheklovlar yuzlab tinch aholi vakillari o‘ldirilgan vaqtda o‘z bo‘linmalariga rahbarlik qilgan" Rossiya harbiy qo‘mondonlariga nisbatan joriy etilgan. Chayko, shuningdek, Buchada tinch aholining o‘ldirilishi bo‘yicha surishtiruvlarda ham qayd etilgan.

Ukraina Bosh prokuraturasi Buchadagi harbiy jinoyatlarda general-mayor Sergey Chubarikin qo‘mondonlik qilgan 76-gvardiya desant-shturm diviziyasi harbiy xizmatchilarini ayblagan edi vaCHayko uning boshlig‘i bo‘lgan.

Kiritildi: 18:22 04.05.2026. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!