“Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operasiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3698-son, 03.11.2025 y.).
📝 Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari tomonidan qimmatbaho metallar bilan operasiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
✅ Qimmatbaho metallar bilan bog‘liq quyidagi operasiyalar amalga oshiriladi:
🔹 mijozlar tomonidan o‘lchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotish;
🔹 banklar tomonidan o‘lchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan sotib olish orqali sotish va qaytarib sotib olish;
🔹 banklar tomonidan qimmatbaho metallarni elektron (jismoniy bo‘lmagan) ko‘rinishda sotish va qaytarib sotib olish.
📜 Bank va mijoz o‘rtasida o‘lchovli oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish bankning mobil ilovasida oferta shartnomasini tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
💸 To‘lov muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng bankning mobil ilovasida mijoz tomonidan sotib olingan oltin quymaning «maxfiy kod»i aks ettiriladi.
🔗 Mijoz sotib olingan o‘lchovli oltin quymalarni bankdan olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda bankning mobil ilovasi orqali kelgan «maxfiy kod»ni taqdim etadi.