Ukraina prezidenti bir qancha harbirlarni davlat mukofoti bilan taqdirladi. Pokrovsk shahri mamlakat armiyasi uchun muhim ta’minot yo‘lida joylashgan bo‘lib, bir yildan ortiq vaqt davomida Moskvaning diqqat markazida turibdi.
Ukrainaning Pokrovsk shahri ayni damda frontdagi eng qaynoq nuqta bo‘lib turibdi. Rossiya 300 mingdan ko‘proq odam yashaydigan bu shaharda minglab ukrain qo‘shinlari qurshovda qolganini aytmoqda, Kiyev esa Pokrovsk saqlab qolinishiga ishonyapti. Pokrovskda Ukrainadagi eng yirik ko‘mir konlaridan biri joylashgan.
Bild tahlilchisi Repkega ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Pokrovsk shahrining taxminan 85% hududini nazoratga olgan.
Sirskiy esa Pokrovsk ham, Mirnograd ham ukrain nazoratida. Ruslar yo‘qligini ta’kidladi.
Xo‘sh, Rossiya Pokrovskni olsa, nima bo‘ladi, ruslar shundog‘am o‘nlab shaharlarni olgan-ku, deyishingiz mumkin. Avvalo, Pokrovsk Donesk mudofaasi uchun juda muhim, uning boy berilishi butun Donbass nazorati qo‘ldan ketishiga olib kelishi mumkin. Agar Rossiya Donbassni kuch bilan bosib olsa, muzokaralarda yanada kuchli pozisiyada bo‘ladi. Keyin Putin Trampga «Donald, o‘tgan uchrashuvda Kiyev Donbassni tashlab chiqsin, urushni tugatamiz, degandim. Mana, biz Donbassni olib bo‘ldik, endi falon-falon shartlarni bajarishsin», deyishi mumkin bo‘ladi.
Muzokaralar bo‘lmayapti-ku, deyishingiz mumkin, lekin bo‘ladi, barcha urushlar oxiri muzokara bilan tugagan.