21 oktyabr kuni NATO razvedka kemasi "Burevestnik" qanotli raketasi sinov zonasida bo‘lgan va Rossiya uning faoliyatiga aralashmagan.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Burevestnik" va "Poseydon" raketalarini ishlab chiquvchilarni taqdirlash marosimida ma’lum qildi.
Uning fikricha, "Burevestnik" uchish masofasi dunyodagi barcha ma’lum raketa tizimlaridan oshib ketadi.
"O‘ylaymanki, chet ellik mutaxassislar ham buni tasdiqlay olishdi, chunki 21 oktyabr kuni NATO razvedka kemasi doimiy ravishda "Burevestnik" sinov zonasida bo‘lgan. Biz uning faoliyatiga aralashganimiz yo‘q. Mayli, qarashsin", - dedi Putin.