Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda 4 kishilik oilaning yashashi uchun qancha mablag‘ kerakligi hisoblab chiqildi

O‘zbekistonda 4 kishilik oilaning yashashi uchun qancha mablag‘ kerakligi hisoblab chiqildi

O‘zbekistonda 4 kishilik oilaning yashashi uchun ijarani hisobga olmaganda qariyb 21 mln so‘m kerak.

O‘zbekistonda oziq-ovqatga oila byudjetining qariyb uchdan bir qismi — 30 foizi sarflanadi, bu esa oziq-ovqatni mintaqaning barcha mamlakatlari orasida qimmat xarajat turiga aylantiradi. Bu haqda Numbeo ma’lumotlarida qayd etilgan.

O‘zbekistonda 4 kishilik oilaning bir oylik hisoblangan xarajatlari ijara haqini hisobga olmaganda qariyb 21 mln so‘mni tashkil etadi. Bir kishi uchun taxminiy oylik xarajatlar ijara to‘lovisiz 5,6 mln so‘mni tashkil etadi.

MDH mamlakatlarida xarajatlarning asosiy qismi muhim ehtiyojlar — oziq-ovqat va uy-joyga yo‘naltiriladi. Kiyim-kechak, transport, sport va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga esa ancha kam mablag‘ sarflanayotgani hududdagi oilalar hayotiy ehtiyojlarni qondirishga ko‘proq majbur bo‘layotganidan dalolat beradi.

Markaziy Osiyoda aholi xarajatlarining katta qismi oziq-ovqatga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan: Tojikistonda — 37,1%, Turkmanistonda — 35,1%, O‘zbekistonda — 30%, Qozog‘istonda — 29,6%, Qirg‘izistonda esa 28,5%.

Kiritildi: 23:45 02.11.2025. O'qildi: 11233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!