Zohron Mamdani Nyu-Yorkning yangi va birinchi musulmon meriga aylandi.
Mamdani Ugandada (Hindistondan chiqqan oilada) tug‘ilgan, uning oilasi AQShga Janubiy Afrika orqali ko‘chib o‘tgan, Zohron esa faqat 2018 yilda Amerika fuqaroligini olgan. Shu bilan birga, yosh yigitning (hozirda Zohron 34 yoshda) karyerasi juda tez sur’atlarda o‘sdi: 2020 yilda u Nyu-York shtati Assambleyasi a’zosi etib saylandi, 2024 yil kuzida esa u Nyu-York shahar meri lavozimiga nomzodini qo‘yish niyati borligini e’lon qildi. O‘shanda ko‘pchilik uning imkoniyatlarini nol deb baholagan edi, ammo natija boshqacha bo‘ldi.
Zohron Mamdani Falastinni qo‘llab-quvvatlashi va siyosiy raqiblariga nisbatan keskin bayonotlari uchun tanqid qilinadi. Siyosatchi, jumladan, boylar uchun soliqlarni oshirish va 2030 yilga qadar minimal ish haqini ko‘tarish tarafdori. Ugandada tug‘ilgan nomzod o‘z saylovoldi kampaniyasini, jumladan, aholi uchun arzon uy-joy masalasi atrofida qurdi.
Nyu-Yorkda tug‘ilib o‘sgan Tramp esa Zohronga nisbatan o‘z antipatiyasini yashirmaydi. AQSh prezidentining ta’kidlashicha, agar Mamdani g‘alaba qozonsa, Oq uy Nyu-Yorkka mamlakat qonunlarida belgilangan minimal miqdordan ortiq federal mablag‘ ajratmaydi.
Aytish joizki, Nyu-York byudjeti 116 milliard dollardan ortiq.