Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyadagi kinoteatrda film tomosha qilayotgan 32 kishining ko‘zi kuydi

Rossiyadagi kinoteatrda film tomosha qilayotgan 32 kishining ko‘zi kuydi

Rossiyaning Abakan shahridagi kinoteatrda film tomosha qilayotgan 32 kishi, jumladan, 20 nafar bolaning ko‘zlari kuydi.

Bu haqda Rossiya OAVsi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, xodimlardan biri dezinfeksiya uchun ishlatiladigan kvars lampalarini o‘chirishni unutgan. Film davomida bakterisid uskunalari ishlashda davom etgan.

Voqea joyiga shifokorlar yetib kelgan va jabrlanganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Noto‘g‘ri xizmat qilgani uchun jinoiy ish ochilgan.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 1554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!