Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

"Butun XXI asrga ta’siri" - Putin "Burevestnik" va "Poseydon"ning yaratilishi tarixiy ahamiyatga ega ekanligini aytdi

A A A
"Butun XXI asrga ta’siri" - Putin "Burevestnik" va "Poseydon"ning yaratilishi tarixiy ahamiyatga ega ekanligini aytdi

"Burevestnik" qanotli raketasi va "Poseydon" boshqaruvchisiz suv osti transport vositasini ishlab chiqarish Rossiya uchun 21 asr davomida tarixiy ahamiyatga ega. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

Kremlda qurol ishlab chiqaruvchilarni taqdirlash marosimida Rossiya rahbari ta’kidladi:

"Siz - "Burevestnik" va "Poseydon"ni ishlab chiquvchilar erishgan natija, mubolag‘asiz, xalqimiz uchun, kelgusi o‘nlab yillar davomida va ishonch bilan aytish mumkinki, butun XXI asr uchun xavfsizlik va strategik tenglikni ta’minlash uchun tarixiy ahamiyatga ega".

Putin "Burevestnik" va "Poseydon"ning rivojlanish jarayonlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidladi: "Ularda qo‘llanilayotgan texnologiyalar va texnologik innovasiyalar ko‘p jihatdan o‘ziga xos va bir-birini to‘ldiradi" - deya qo‘shimcha qildi Putin.

Kiritildi: 11:30 05.11.2025. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!