"Arsenal" yarim himoyachisi Maks Dauman Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turidan o‘rin olgan "Slaviya"ga (3:0) qarshi bahsda ishtirok etdi.
Futbolchi 73-daqiqada Leandro Trossardning o‘rnini egalladi. 15 yoshu 308 kunligida maydonga tushgan Douman musobaqa tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Angliyalik futbolchi "Borussiya"ning sobiq hujumchisi Yusuf Mukoko rekordini yangiladi, u Chempionlar Ligasidagi debyutini 2020 yilda 16 yosh-u 18 kunligida "Zenit"ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandi.
Douman "Arsenal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U London klubining asosiy jamoasida shu yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda.