Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Lukashenko oilasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Lukashenko oilasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

AQSh hukumati Belarusning «Belavia» davlat aviakompaniyasini va Aleksandr Lukashenko oilasi foydalanadigan samolyotni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi, deb xabar berdi AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC).

Gap Vashington 2021 yil dekabr oyida Minskka qarshi joriy qilgan sanksiyalar haqida ketmoqda.

«Belavia»dan tashqari, EW-301PJ raqamiga ega Bombardier Challenger 850 samolyotidan cheklovlar olib tashlandi. Bu biznes-jet bo‘lib, unda Belarus hukumatining yuqori martabali amaldorlari va Lukashenko oilasi a’zolari sayohat qiladi.

AQSh Moliya vazirligi, shuningdek, EW-001PA, EW-001PB va EW-001PH bort raqamlariga ega uchta samolyot bilan operasiyalar uchun vaqtinchalik ruxsat berdi. Ular sanksiyalar ostida qolayotgan Aleksandr Lukashenko yoki «Slavkaliy» kompaniyasi bilan bog‘liq, deyiladi hujjatda.

AQSh «Belavia»ga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishi 11 sentyabr kuni ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda AQSh prezidenti vakili Jon Koul ma’lum qildi.

AQSh belaruslik siyosiy mahbuslarning katta guruhi ozod etilishiga javoban belaruslik aviatashuvchi va bir nechta samolyotlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi.

Kiritildi: 23:59 04.11.2025. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!