Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya aktivlarining Ukraina foydasiga musodara qilinishiga qarshi chiqqan YEI davlatlari nomlari e’lon qilindi

Rossiya aktivlarining Ukraina foydasiga musodara qilinishiga qarshi chiqqan YEI davlatlari nomlari e’lon qilindi

Fransiya, Italiya va Belgiya aksariyat Yevropa davlatlarining Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam berish uchun foydalanish tashabbusini rad etdi.

Bu haqda Italiyaning Corriere della Sera gazetasi xabar bermoqda.

Maqolada qayd etilishicha, Rim va Parij muzlatilgan Rossiya mablag‘larining Kiyevga o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamaydi, bu “ehtimol, agar xalqaro sud Moskvaning mumkin bo‘lgan da’volarini qondirsa, moliyaviy majburiyatlar haqidagi xavotir tufayli”.

Belgiya ham xuddi shunday qarshi, chunki aktivlarning aksariyati Bryusseldagi Euroclear platformasida saqlanadi.

Ayni paytda, Ukraina mudofaa sanoati mablag‘ yetishmasligi sababli o‘z salohiyatining atigi uchdan bir qismida ishlamoqda. Mutaxassislarning qayd etishicha, Rossiyaning muzlatilgan 140 milliard funt sterlingidan Yevropada foydalanish mamlakat kelajagi uchun zaruriy holga aylanib bormoqda.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 1672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!