Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda ajrashganlarning asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qilmoqda. Sabab nima?

O‘zbekistonda ajrashganlarning asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qilmoqda. Sabab nima?

📍 Senatning yalpi majlisida oila institutini mustahkamlash va ajralishlar sonining o‘sishiga doir masalalar ko‘rib chiqildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda 271 776 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, nikohdan ajralishlar soni 45 135 tani tashkil etgan.

🔴 Raqamlar tafsilotda:
– Ajralishlarning 28,5 foizi — 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri keladi.
– Nikohdan ajralishlar eng ko‘p quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Toshkent shahri — 5 913 ta,
• Farg‘ona viloyati — 4 800 ta,
• Andijon viloyati — 4 781 ta,
• Samarqand viloyati — 4 599 ta.

🔴 2024-yilning yanvar–iyun oylarida:
– 95 275 ta nikoh tuzilgan,
– 23 338 ta ajralish qayd etilgan, bu 24 foiz ulushni tashkil etadi.
– Ajralishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga (871 taga) ko‘paygan.
– Respublikadagi 112 ta tuman va shaharda nikohdan ajralishlar soni oshgan.

🔴 Ajralishlarning asosiy sabablari (fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar ma’lumotiga ko‘ra):
– Xarakter to‘g‘ri kelmasligi — 17 535 ta holat (54%)
– Boshqa nikoh munosabatiga kirishganlik — 1 807 ta (6%)
– Oilaviy hayotga tayyor emaslik — 1 222 ta (4%)
– O‘zaro ishonchsizlik — 1 033 ta (3%)
– FHDYo organlarida oilaviy kelishmovchilik sababli ajratilganlar — 7 499 ta.

🔴 Senat muhokamasi:
– Senatorlar ajralishlarning o‘sish tendensiyasi xavotirli ekanini ta’kidladi.
– Masalaga oid tahlillar ajralishlarning katta qismi oldini olish mumkin bo‘lgan holatlar ekanini ko‘rsatmoqda.
– Shu sababli, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga parlament so‘rovi yuborildi — bunda oila institutini mustahkamlash, oilaviy nizolarni erta bosqichda hal etish va oilaviy maslahat xizmatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 17:26 03.11.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!