Marhumaning yaqinlari amaliyot tibbiy jihatdan xato qilinganini aytmoqda. Shahrizabegim Xoliqova 25 sentyabr kuni Buxoro shahridagi xususiy klinkada plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.
Operasiya shifokor Mirshod Atavullayev tomonidan amalga oshirilgan.
Marhumaning opasi Xusnbonu Karimova Instagram sahifasida yozishicha, operasiya oldidan zarur tahlillar o‘tkazilmagan. Qon tahlili faqat operasiyadan ikki soat oldin olingan bo‘lib, qonda gemoglobin darajasi juda past ekani aniqlangan. Shuningdek, operasiyadan oldin peshob tahlili va EKG ham amalga oshirilmagani aytilmoqda. Shunga qaramay, shifokor jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.
Operasiyadan so‘ng ayolning ahvoli keskin yomonlashgan. Shifokor o‘zining xususiy klinikasida xodimidan olingan qonni to‘g‘ridan to‘g‘ri bemorga quydirgan. Shundan so‘ng bemorning buyraklari ishdan chiqqan va u 27 sentyabr kuni Buxoro shahar shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga yotkazilgan.