Amerikalik milliarder Ilon Mask 2030 yilga kelib smartfonlar yo‘qolib, o‘rnini sun’iy intelekt egallashini bashorat qildi. Bu haqda u 31 oktyabr kuni teleboshlovchi Jo Roganga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Biz hozir telefon deb ataydigan narsa aslida sun’iy intellekt video tahlilining chekkasidagi tugun bo‘lib, aloqa uchun radio modullarga ega bo‘ladi. Lekin aslida siz serverda SI qurilmangizdagi SI bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi", dedi Mask.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda operasion tizim va ilovalar uchun joy qolmaydi. Ular o‘rnini SI funksiyalari bilan to‘liq yuklangan ekran va audioga ega qurilmalar egallaydi.
Mask, shuningdek, sun’iy intellekt foydalanuvchi istaklarini oldindan bilishni o‘rganishini bashorat qilgan.