Bugun 30 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”

"Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”

Putin NATO davlatlariga qarshi yadroviy yoki oddiy qurol ishlatadigan bo‘lsa, Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”, dedi Belgiya mudofaa vaziri.

Teo Franken bu so‘zlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "Ukrainaga Tomahawk raketalari berilishi Rossiyaning keskin javob choralariga sabab bo‘lishi" haqidagi tahdidlariga javoban aytdi.

"Putin xuddi shunday gaplarni Finlandiya va Shvesiya NATO'ga qo‘shilganida ham, biz Ukrainaga tanklar, raketalar, F-16 samolyotlarini berganimizda ham aytgandi. Bundan shunday xulosa qilish mumkin: biz tahdidlarga bo‘ysunmasligimiz lozim. Bular ham Putinning “qizil chizig‘i” edi, ammo u nima qildi? Hech narsa. Agar u yadro qurolini qo‘llasa, biz Moskvani yer bilan bitta qilamiz, u buni juda yaxshi biladi", — dedi Belgiya Mudofaa vazirligi rahbari De Morgen gazetasiga bergan intervyusida.

Franken, shuningdek, Bryusselga yadroviy bo‘lmagan raketa yo‘naltirilishidan ham qo‘rqmasligini aytib, bunday holatda ham Moskva yer bilan yakson qilinishini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:21 29.10.2025. O'qildi: 1944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!