Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar son jihatdan muhojirlar orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.
“Xochu jit” nodavlat tashkilotining ma’lum qilishicha, bu ro‘yxat to‘liq emas – asl yo‘qotishlar soni ehtimol ancha ko‘p. Rossiya armiyasi safida yollanma askar sifatida halok bo‘lgan 481 nafar o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlangan.
Kamida 2 715 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgani yoki hozir ham ishtirok etayotgani aytilmoqda.
- 2023 yilda – Rossiya bilan shartnoma imzolagan o‘zbeklar soni 498 nafar
- 2024 yilda – yana 941 nafarga yetgan
- 2025 yilning birinchi yarmida – deyarli 1 300 nafar qayd etilgan.
Bundan tashqari, asirga tushgan xorijliklar orasida ham o‘zbeklar soni eng ko‘p ekani ma’lum qilingan.