AQSh Davlat kotibi Marko Rubio AQSh Venesuelaga zarba berishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
AQSh davlat kotibi bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
Rubio Miami Herald gazetasining Venesuelaga rejalashtirilgan zarbalar haqidagi xabariga javob berdi.
"Sizning "manbalaringiz", go‘yoki "xabar bergan" bo‘lib, sizni aldab, soxta xabarlar yozishga majbur qilishdi", — dedi Davlat kotibi.
Bungacha Venesuela bilan chegaradosh Trinidad va Tobago mudofaa kuchlari shay holatga keltirilib, AQSh janubiy qo‘mondonligi Karib havzasida operasiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini e’lon qilgan edi.