Serbiya bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Aleksandr Vulin 1 noyabr kuni dunyo uzoq vaqtdan beri Uchinchi jahon urushi holatida va yadroviy mojaroga shiddat bilan yaqinlashayotganini aytdi. U buning uchun mas’uliyatni G‘arb davlatlariga yukladi.
"Uchinchi jahon urushi Germaniya birlashgan paytda va Ikkinchi jahon urushi natijalari ko‘rib chiqila boshlagan paytda boshlandi. G‘arb siyosati bizni yadro urushi yoqasiga olib keldi — uzoq vaqtdan beri davom etayotgan uchinchi jahon urushi emas, balki yadroviy urush", - dedi siyosatchi "RIA Novosti" agentligiga bergan intervyusida.
Vulin yana 50 yillik tinchlikni kafolatlashi mumkin bo‘lgan yangi tinchlik shartnomasi zarurligini qabul qilishga chaqirdi.
Avvalroq, 2 oktyabr kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban yirik davlatlarning har qanday xatosi uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.