Pentagon Ukrainaga uzoq masofali “Tomahawk” qanotli raketalarini topshirishni ma’qulladi.
Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor bo‘lgan amerikalik va yevropalik uch nafar rasmiyga tayanib xabar berdi.
Biroq, OAV xabarlariga ko‘ra, yakuniy qaror AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli. Harbiy ekspertlar ta’minot Amerika armiyasining jangovar tayyorgarligiga ta’sir qilmaydi yoki muhim qurol zaxiralarini kamaytirmaydi, degan xulosaga kelishdi.
Manbalarga ko‘ra, hujjat allaqachon Oq uyga yuborilgan. Endi masala siyosiy doiraga o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika yetakchisi ushbu qurollarni Kiyevga topshirishni ma’qullashga shoshilmayotganini ma’lum qilgan edi. Ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Tramp “mamlakatimizni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan narsani berishni” istamasligini ta’kidladi.