Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Uchta viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Uchta viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

1️⃣Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.M. “Yangiobod” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 199,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

2️⃣Shuningdek, Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.B.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 136,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

3️⃣Departamentning Urganch tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.A. “Yangiobod” MFY hududidagi binoda umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 115,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:46 30.10.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!