Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqand MIB qidiruvida bo‘lgan avtokran Navoiy viloyatida davlat raqamisiz ishlayotganda topildi

Samarqand MIB qidiruvida bo‘lgan avtokran Navoiy viloyatida davlat raqamisiz ishlayotganda topildi

📝Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining 25.04.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan, Majburiy ijro byurosining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga javobgarlar «O.R» XK, «M.MM» NTMga nisbatan ijro hujjati kelib tushgan.

📝Ushbu hujjatga ko‘ra, javobgarlar «O.R» XK, «M.MM» NTMdan da’vogar «Uzsanoatqurilishbank» ATB foydasiga 321 ming AQSh dollari miqdoridagi qarz undirilishi lozim.

🏷️Javobgar tomonidan qarz to‘lanmagan va 2019 yilda ishlab chiqarilgan XCMG QY55KC rusumli avtokran yashirib kelingan.

Tezkor ijro tadbirlari davomida davlat ijrochilari tomonidan Navoiy viloyatining kombinatlaridan birida davlat raqamisiz faoliyat olib borayotganligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kiritildi: 11:18 29.10.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!