 
        Superliga doirasida bo‘lib o‘tgan "Nasaf" - OKMK uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida aytgan gaplari uchun tanqid ostida qolgan Ro‘ziqul Berdiyev kecha "Navbahor"ga qarshi bellashuvdan keyin o‘zini "oqlash"ga harakat qildi.
"To‘g‘risi, ko‘plab saytlarni kuzatmayman. Buni avval ham aytganman. U gaplarimni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushunibdi, lekin uni to‘g‘ri qabul qilishlari kerak edi. Yashirincha hech narsa yo‘q. Har bir jamoaning mehnatini qadrlayman. Bilasiz, "Neftchi"ning OKMK bilan o‘yinida 20 mingga yaqin muxlis tashrif buyurdi. Keyin "Sho‘rtan"ga borishdi. Undan so‘ng esa Toshkentga kelib, "Nasaf" - OKMK uchrashuvida bizga qarshi muxlislik qilishdi. Bugun ham 5 ming odam stadionga tashrif buyurgan. Bu haqiqatdan qahramonlik hisoblanadi. Men asosan shularni nazarda tutgan edim.
 
O‘sha OKMKga qarshi to‘qnashuvda o‘tiribmiz, 2 mingga yaqin "Neftchi"ning muxlisi bizga qarshi muxlislik qilyapti-da. Biz shuni o‘yin davomida muhokama qildik va matbuot anjumanida shuni aytgan edik. Hali turnir tugamadi, kim chempion bo‘lishidan qat’iy nazar men tabriklagan bo‘lar edim. Sababi, ular ham ancha mehnat qilishmoqda". 
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 Urush tufayli Putinning reytingi rekord darajada oshdi
                    
                     Urush tufayli Putinning reytingi rekord darajada oshdi
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”