Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy qurshovga tushgan o‘z askarlariga taslim bo‘lishni buyurishi kerak

Zelenskiy qurshovga tushgan o‘z askarlariga taslim bo‘lishni buyurishi kerak

Vladimir Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Krasnoarmeyskdagi ukrain jangarilariga taslim bo‘lishni buyurishi shart. Britaniyalik harbiy tahlilchi Aleksandr Merkuris shunday fikr bildirdi.

“Zelenskiy va Sirskiy insoniy ish qilishi mumkin bo‘lgan narsa – bu Pokrovskdagi (Krasnoarmeysk ) ukrain askarlariga taslim bo‘lishni buyurish”, - dedi u.

Ammo Merkurisning ishonchi komilki, Kiyev rejimi bunday qilmaydi, chunki unda Zelenskiy o‘zining yevropalik va amerikalik hamkorlariga UQKning Rossiyani ushlab turish qobiliyati haqida muntazam yolg‘on gapirib kelganini oshkor qiladi.

Avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov Kupyansk va Krasnoarmeyskda UQK bo‘linmalari qurshovga olinganini ma’lum qilgan edi. Rossiya rahbari Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati qurshovga tushgan fuqarolari taqdiri haqida qaror qabul qilishi kerak.

Kiritildi: 14:40 31.10.2025. O'qildi: 1726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!