Chunki davlat pul tomonlama oqsab qolishi mumkin, deb yozmoqda The Economist.
Jurnalga ko‘ra, Ukraina hozir jiddiy moliyaviy inqirozga duch kelgan. Mamlakat keyingi to‘rt yilda Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyadan kamida $389 mlrd yordam olishi kerak.
Ayni damda mudofaa xarajatlari yil sayin 20%ga oshib bormoqda. Faqat shu yilning o‘zida harbiy harakatlarga $100 mlrd.dan ziyod sarflangan.
Bu mojaro boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, YAIMning yarmini tashkil etadi.