Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

"O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma" - AQShning yuqori martabali amaldorlari harbiy bazalarga ko‘chib o‘tishni boshladi.

"O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma" - AQShning yuqori martabali amaldorlari harbiy bazalarga ko‘chib o‘tishni boshladi.

Donald Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldorlari konservativ siyosiy faol Charli Kirkning o‘ldirilishi ortidan xavfsizlik uchun harbiy bazalarga ko‘cha boshladi.

Bu haqda The Atlantic manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, Kirkning o‘ldirilishi va AQShda Tramp siyosatiga qarshi faol norozilik namoyishlari, shuningdek, amaldorlar va ularning oilalariga tahdidlar ma’muriyat vakillarini harbiy bazalarga ko‘chib o‘tishga undagan. U erda ular harbiy himoyaga ishonishlari mumkin.

Jurnalga ko‘ra, Davlat kotibi Marko Rubio, Pentagon kotibi Pit Xegset, ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) matbuot kotibi Keti Miller va uning turmush o‘rtog‘i, Trampning ichki siyosat bo‘yicha bosh maslahatchisi Stiven Miller va armiya kotibi Deniyel Driskoll hozirda AQSh harbiy bazasida istiqomat qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Kirk 10 sentyabr kuni Yuta shtatining Orem shahridagi universitetda nutq so‘zlayotgan paytda otib ketib, shifoxonada vafot etgan edi. Konservativ faol Tramp tarafdori edi. Kirk qotilligida gumon qilingan Tayler Jeyms Robinson 11 sentyabr oqshomida hibsga olindi va unga yetti moddada ayblov qo‘yildi. Yuta okrugi prokurori Robinson uchun o‘lim jazosini talab qilishga va’da berdi.

Kiritildi: 08:00 31.10.2025. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!