Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Sudanda qirg‘in: isyonchilar ikki kunda ikki mingdan ortiq tinch aholini o‘ldirdi (VIDEO +18)

Sudanda qirg‘in: isyonchilar ikki kunda ikki mingdan ortiq tinch aholini o‘ldirdi (VIDEO +18)

Sudanning El-Fashir shahrida isyonchilar tug‘ruqxona hududida ommaviy qotillik sodir etdilar. Tan olingan hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, atigi ikki kun ichida ikki mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan.

Sudanda fuqarolar urushi 2023 yil aprel oyida boshlangan edi. Ammo hozir mamlakat, ehtimol, eng qonli kunlarini boshdan kechirmoqda. Yaqinda “Tezkor harakat kuchlari” (THK) deb nomlanuvchi isyonchi tashkilot vakillari 2024 yil bahoridan buyon qamal holatida bo‘lgan El-Fashir shahrini egallab olganliklarini ma’lum qildilar.

Ko‘p o‘tmay, Sudanning rasmiy hukumati shaharning bosib olinishi ortidan isyonchilar bu yerda ikki mingdan ortiq tinch aholini qatl etganini e’lon qildi. Bu haqda tasdiqlovchi dalillar sifatida jurnalistlar va fuqarolar tarmoqlarda videolarni e’lon qilmoqda — unda harbiy kiyimdagi erkaklar oddiy fuqarolarni ommaviy o‘qqa tutayotgani aks etgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 28 oktyabr kuni THK jangchilari shahar ichidagi so‘nggi faol tibbiyot muassasasi — tug‘ruqxonani bosib olgan. Ular bemorlarni qirg‘in qilgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ham bayonot berdi:

«JSST sodir bo‘lgan voqeani qat’iyan qoralaydi. Xabar berilishicha, 28 oktyabr kuni El-Fashirda 460 dan ortiq bemor va ularning parvarishlovchilari o‘ldirilgan, 6 nafar tibbiyot xodimi o‘g‘irlab ketilgan.»

Sudandagi dahshatli voqealarning surat va videolarini Niderlandiyalik jurnalist ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilmoqda.

BMT ma’lum qilishicha, El-Fashir bunday qotilliklar sodir bo‘lgan yagona shahar bo‘lmasligi mumkin. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Bara shahrida ham qariyb 50 nafar tinch aholi o‘ldirilgan. BMT urush ayotgan tomonlarni muzokaralarga qaytishga chaqirdi hamda boshqa davlatlardan qon to‘kilishini qo‘llab-quvvatlamaslikni talab qildi.

Izoh: eng dahshatli kadrlarga etik sabablarga ko‘ra e’tibor qaratilmadi, ular nashr etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil bahorda shunga o‘xshash dahshatli qotilliklar Suriya viloyati — Latakiya va Tartusda ham boshlangan edi. Ko‘cha janglarida yuzlab odamlar halok bo‘lgan. Agdarilgan prezident Bashar Asad tarafdorlari va yangi hukumat xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar rejim qulaganidan buyon eng qonli voqealarga aylangan.

Kiritildi: 14:40 31.10.2025. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!