Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonda yangi avloddagi elektrobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

Andijonda yangi avloddagi elektrobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

Andijonda jamoat transporti tizimida yangi davr boshlandi. Aholiga qulay va ekologik toza transport xizmatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Xitoyda ishlab chiqarilgan “SAMBELL” rusumidagi zamonaviy elektrobuslar viloyatimizga olib kelinib, bosqichma-bosqich shahar yo‘nalishlariga joylashtirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi qurilgan elektrobuslar parkida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, elektrobuslar shahar ko‘chalarida belgilangan yo‘nalishlarda ilk harakatlarini boshladi.

Mazkur elektrobuslar “And eko transport” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoyning nufuzli kompaniyasidan 100 dona miqdorida xarid qilingan bo‘lib, bu — mamlakatimizda ilk bor xususiy tadbirkor tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik transport loyihasi hisoblanadi.

Elektrobuslarning asosiy afzalligi — ularning ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligidir. Ushbu transport vositalari atmosferaga zararli moddalar chiqarmaydi, yoqilg‘i sarfi talab etilmaydi hamda harakat vaqtida shovqin darajasi past bo‘ladi.

Eng muhimi, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan: zamonaviy kondisioner tizimi, keng salon, xavfsiz harakatni ta’minlovchi elektron boshqaruv tizimlari va kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

Viloyatda yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu ekologik transport tizimi nafaqat shahar aholisi uchun qulaylik yaratadi, balki atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Kiritildi: 09:41 29.10.2025. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!