 
        Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi va uning yakunida tomonlar Qo‘shma deklarasiyani imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbarlari ishtirokida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi hukumatlararo va idoralararo keng ko‘lamli hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Imzolangan shartnomalar sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, iqtisodiyot, tibbiyot, turizm, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Mashinasozlik, ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, diplomatik tayyorgarlik, sport va jismoniy tarbiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi protokollar, mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Shuningdek, Toshkent va Belgrad shaharlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi