Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Angliyaga ishga joylashtirish va’dalarining ortida firibgarlik chiqdi

Angliyaga ishga joylashtirish va’dalarining ortida firibgarlik chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi “A.” MCHJ rahbari M.J. 8 nafar fuqaroni Angliyaga ishga joylashtirishni va’da qilib, ulardan jami 12 ming dollar olgani aniqlandi.

Shuningdek, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.A. Germaniyaga ishga yubormoqchi bo‘lib, 1300 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 00:53 29.10.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!