 
        O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Kenji Hiratani qabul qildi.
«Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Kenji Hirata janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zinig telegram-kanalida. – O‘zbekiston-Yaponiya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibi o‘zaro manfaatli tashabbuslar hamda loyihalar bilan kengayib bormoqda.
Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz».
O‘zbekiston TIV rahbari, shuningdek, Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Momchilo Babichdan ham ishonch yorliqlarini qabul qildi.
«Serbiya bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga o‘zaro tayyorligimizni bildirdik.
Elchi janoblariga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deb yozadi Saidov.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi