Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Soliq qonunchiligi buzilishi haqida xabar bergan fuqarolarga 24 milliard so‘mdan ortiq mukofot to‘landi

Soliq qonunchiligi buzilishi haqida xabar bergan fuqarolarga 24 milliard so‘mdan ortiq mukofot to‘landi

2025 yil yanvar–sentyabr oylarida Davlat soliq qo‘mitasi “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat qilgan fuqarolarga jami 24,1 milliard so‘m miqdorida mukofot puli to‘laganini ma’lum qildi.

Murojaatlarning asosiy yo‘nalishlariga ko‘ra:
74 970 ta murojaat — xarid chekini bermaslik holati bo‘yicha;
3 001 ta murojaat — plastik karta orqali to‘lovni qabul qilmaslik bo‘yicha;
184 ta murojaat — to‘lovda xarid summasini asossiz oshirish bo‘yicha;
4 702 ta murojaat — boshqa turdagi soliq buzilishlariga oid bo‘lgan.

Jami 82 857 ta murojaat qabul qilingan. Ulardan 41 702 tasi takroriy yoki tekshiruv jarayonida bo‘lgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Shu davr mobaynida 34 196 ta sayyor tekshiruv o‘tkazilgan va ularning 98,8 foizida huquqbuzarlik holatlari tasdiqlangan.

Fuqarolarga to‘lanadigan mukofot miqdori aniqlangan jarimalarning 20 foizi etib belgilangan. Shu tarzda 34 139 ta tasdiqlangan murojaat uchun jami 24,1 milliard so‘m pul to‘langan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, u yerda 6 milliard 20 million so‘m, eng past ko‘rsatkich esa Jizzax viloyatida qayd etilgan — 733,5 million so‘m.

Kiritildi: 09:33 25.10.2025. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!