Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

DXX: "QQS bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi"

DXX: "QQS bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi"

💵Muqaddam soliq idoralarida faoliyat yuritgan, hozirda Toshkent shahridagi transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi MCHJda hisobchi bo‘lib ishlayotgan shaxs o‘zining sobiq hamkasblari imkoniyatlari orqali, bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MCHJga 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qiladi.

☄️Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u MCHJ ta’sischisidan 20 500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

💬Dastlabki tergov harakatlari davomida u o‘zining qo‘shtirnoq ichidagi xolis yordamini Soliq qo‘mitasining katta inspektori orqali hal qilishi kerakligi aniqlanib, mazkur davlat xizmatchisi ham jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!