Turkiyaning Sindirgi shahrida 27 oktyabr kuni 6,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i yer ostida qariyb 6 km chuqurlikda joylashgan.
Uchta bino va bir do‘kon quladi. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qilishicha, barcha odamlar vaqtida evakuasiya qilingan va jabrlanganlar yo‘q.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoq X orqali zilzila qo‘shni viloyatlarda ham sezilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyida mutaxassislar ishlamoqda.