“Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3693-son, 23.10.2025 y.)
🏛 Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
✅ Ota-onalar to‘lovining bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari ro‘yxati axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
📝 Ayrim toifadagi oilalarning ota-onalar to‘lovini qoplash uchun oilaviy MTTga kompensasiya tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar to‘lovining 40 foizi miqdorida ajratiladi.
✔️ Kompensasiya oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, biroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan oilaviy MTT o‘rtasida tuzilgan bitimda belgilangan o‘rinlarning 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismiga ajratiladi.