Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Durov Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olmoqchi ekanini ma’lum qildi

 Durov Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olmoqchi ekanini ma’lum qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov yana bir bor Fransiya hukumatini tanqid qilib, Luvr muzeyidan buyumlar o‘g‘irlanishini "mamlakatning tanazzuli" deb atadi. U bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

"Luvrning talon-toroj qilinishi meni umuman ajablantirmadi. Bu ilgari buyuk bo‘lgan mamlakat tanazzulga yuz tutganining yana bir achinarli belgisi. Hukumat esa haqiqiy tahdidlarga qarshi kurashish o‘rniga odamlarning e’tiborini soxta xavflar bilan chalg‘itish san’atini mukammal darajaga yetkazgan", — deya qayd etdi Telegram asoschisi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Durov yana bir post qoldirdi.

"Men o‘g‘irlangan zargarlik buyumlarini mamnuniyat bilan sotib olib, ularni Luvrga qaytaraman. Albatta, men Abu-Dabi Luvrini nazarda tutyapman, chunki u yerda hech ki o‘g‘rilik qilmaydi", — dedi Durov.

Kiritildi: 17:13 21.10.2025. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!