Kanada Bosh vaziri Mark Karni agar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakatga kelsa, uni hibsga olishini tasdiqladi.
"Bloomberg"ga bergan intervyusida, avvalgi bosh vazir Jastin Tryudoning “Netanyahuni harbiy jinoyatlar uchun qo‘lga olish” va’dasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Xalqaro jinoyat sudi Isroilning apellyasiyasini rad etdi va Netanyahu hamda sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan G‘azodagi genosid ishlari bo‘yicha hibs orderini kuchda qoldirdi.