Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.B. va S.X. fuqaro M.X.ga 100 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 300 AQSh dollari va 1,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:32 20.10.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!