Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sobiq prezidentning qamoqxonadagi birinchi kuni qanday o‘tdi?

Sobiq prezidentning qamoqxonadagi birinchi kuni qanday o‘tdi?

Saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirganlikda ayblanib, besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi qamoqdagi birinchi kunidayoq jismoniy mashqlar qilib, kitob yozishni boshladi.

Bu haqda uning advokati Mishel Darrua La Sante qamoqxonasi tashqarisida BFMTV telekanalida aytib o‘tdi.

"U Sarkozi 9 kvadrat metrlik kamerada va u doimo shovqinli", dedi himoyachi. Uning qo‘shimcha qilishicha, sudlangan sobiq prezident tushdan keyin rafiqasi bilan uchrashgan.

"Qamoqdagi birinchi kun dahshatli, ammo u omon qoldi", dedi Darrua, qamoqxona "Club Med" emas ekanligini ta’kidlab, turli mamlakatlardagi kurortlar tarmog‘iga ega bo‘lgan turoperatorga ishora qildi.

Sentyabr oyi oxirida Parij sudi Sarkozini 2007 yilgi saylov kampaniyasini Liviya hukumati tomonidan noqonuniy moliyalashtirganlikda ayblab, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

Sobiq prezident, shuningdek, 100 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi va besh yilga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlandi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!