AQSh prezidenti Donald Tramp yana bir global mojaroni hal qila olishiga ishonch bildirdi.
Bu haqda AQSh yetakchisi Oq uyda AQSh Senatining respublikachi a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Ishoning yoki ishonmang, to‘qqizinchi mojaroning yechimi yaqin turibdi", - dedi Tramp va Ukrainadagi urushning tugashi "allaqachon ko‘rinib turganini" ta’kidladi.
Uning tushuntirishicha, ikkinchi prezidentlik muddati davomida u allaqachon sakkizta xalqaro inqirozni hal qilgan.