Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Vengriya Tashqi ishlar vazirligi Putin samolyotining o‘tishiga ruxsat bermoqchi bo‘lmagan davlatlar haqida ma’lumot berdi

Vengriya Tashqi ishlar vazirligi Putin samolyotining o‘tishiga ruxsat bermoqchi bo‘lmagan davlatlar haqida ma’lumot berdi

Evropa Ittifoqi (EI) davlatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyotining o‘z havo hududi orqali uchishiga ruxsat bermasalar, bu ularning Ukrainadagi mojaroni hal etish tarafdori emasligini anglatadi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Agar biror davlat Rossiya prezidentining samolyotiga uchib o‘tishga ruxsat bermasa, bu uning tinchlikni xohlamasligini anglatadi”, — dedi diplomat.

Siyarto, shuningdek, Yevropa davlatlari Putinning samolyoti Vengriyaga yo‘l olgan holda ularning havo hududi orqali parvoz qilishga ruxsat berishlariga umid bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning ehtimoliy uchrashuvi “tinchlik uchun juda muhim ahamiyatga ega”.

Kiritildi: 14:54 22.10.2025. O'qildi: 1017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!