Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa va Ukraina urushni tugatish uchun 12 banddan iborat reja tayyorlamoqda

Evropa va Ukraina urushni tugatish uchun 12 banddan iborat reja tayyorlamoqda

Evropa davlatlari Kiyev bilan birgalikda Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishning 12 banddan iborat rejasini ishlab chiqmoqda.

Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, taklif etilgan rejaning amalga oshirilishini AQSh prezidenti Donald Tramp raisligidagi tinchlik kengashi nazorat qiladi.

Reja ikki davlatning hududiy hujumlarni to‘xtatish, barcha bolalarni Ukrainaga qaytarish, harbiy asirlarni almashish, Kiyevga xavfsizlik kafolatlari, rekonstruksiyani moliyalashtirish va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lini tezlashtirish bo‘yicha majburiyatlarini o‘z ichiga oladi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi, biroq Markaziy bankning muzlatib qo‘yilgan taxminan 300 milliard dollarlik zaxiralari Moskva Ukrainani urushdan keyingi tiklanishiga hissa qo‘shishga rozi bo‘lganidan keyingina Moskvaga qaytariladi.

Kiritildi: 07:00 22.10.2025. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!